Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 2-oktabr

Davradosh (davradosh.uz sayti va iOS hamda Android ilovalari) — do'stlar bilan birga o'ynaladigan o'yinlar: puzzle va mafia. Ro'yxatdan o'tish, parol va email talab qilinmaydi. Quyida qaysi ma'lumotlar va nima uchun ishlatilishi, qancha saqlanishi aytilgan.

Qanday ma'lumot ishlatiladi

  • Ism, rang va avatar — o'zingiz tanlaysiz. Ular xonadagi boshqa o'yinchilarga ko'rinadi.
  • Qurilma identifikatori — qurilmangizda yaratiladigan tasodifiy raqam. Siz xonaga qaytganingizda o'rningizni tanish uchun kerak. U sizning shaxsingiz, telefon raqamingiz yoki qurilma reklama ID'si bilan bog'liq emas. Boshqa o'yinchilar uni emas, undan hosil qilingan va orqaga tiklab bo'lmaydigan boshqa raqamni ko'radi.
  • O'yin ma'lumotlari — puzzle bo'laklarining holati, kim nechta bo'lak qo'shgani, mafia o'yinining borishi, xonadan chiqarilgan o'yinchilar ro'yxati.
  • Yuklangan rasmlar — puzzle uchun o'zingiz tanlagan rasm. Serverga yuklashdan oldin rasmdagi barcha metama'lumotlar (joylashuv, kamera ma'lumoti va boshqalar) o'chiriladi.
  • Chat xabarlari — xonadagilarga ko'rinadi. Puzzle chati bazaga yozilmaydi va faqat xona ochiq turgan paytda server xotirasida saqlanadi.
  • Ovoz va video — faqat siz mikrofon yoki kamerani yoqqaningizda xonadagilarga jonli uzatiladi. Hech qachon yozib olinmaydi.
  • Texnik loglar — server so'rovlarining IP manzili va vaqti. Ular faqat xavfsizlik va nosozliklarni tuzatish uchun qisqa muddat saqlanadi.

Nima qilmaymiz

  • Reklama ko'rsatmaymiz va ma'lumotlaringizni sotmaymiz.
  • Analitika yoki kuzatuv (tracking) xizmatlaridan foydalanmaymiz.
  • Ma'lumotlarni uchinchi tomonlarga marketing uchun bermaymiz.

Qancha saqlanadi

  • Puzzle xonalari yaratilganidan 7 kun o'tib, ularning holati va statistikasi bilan birga avtomatik o'chiriladi.
  • Mafia stollari 24 soatdan keyin avtomatik o'chiriladi.
  • Yuklangan rasmlar serverda saqlanadi. Ularni o'chirishni istasangiz, quyidagi email orqali murojaat qiling.
  • Ism, rang, avatar va qurilma identifikatori qurilmangizda saqlanadi. Ilovani o'chirsangiz yoki brauzer ma'lumotlarini tozalasangiz, ular ham o'chadi.

Qurilma ruxsatlari (ilova)

  • Mikrofon — ovozli chat uchun. Faqat mikrofon tugmasini bosganingizda so'raladi.
  • Kamera — video chat va puzzle uchun rasmga olish uchun.
  • Rasmlar — puzzle qilish uchun o'zingiz tanlagan rasmni yuklash uchun. Ilova galereyangizni ko'rib chiqmaydi.

Ruxsatni istalgan vaqtda telefon sozlamalaridan o'chirib qo'yishingiz mumkin.

Xizmatlar va serverlar

  • Sayt Vercel platformasida joylashgan.
  • O'yin serveri, ma'lumotlar bazasi, rasmlar va ovoz serveri (LiveKit) o'zimizning serverimizda ishlaydi.
  • Galereyadagi tayyor rasmlar Lorem Picsum va Unsplash xizmatlaridan yuklanadi. Ular ochilganda bu xizmatlar IP manzilingizni ko'rishi mumkin.
  • Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi.

Xonadagi boshqa o'yinchilar

Xona havolasi yoki kodi bor har kim xonaga kira oladi va ism, chat va rasmni ko'radi. Xona egasi o'yinchilarni chiqarib yuborishi va qayta kirishini taqiqlashi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlaringizni chatda yozmang.

Bolalar

Davradosh 13 yoshgacha bo'lgan bolalarga maxsus mo'ljallanmagan. Bola shaxsiy ma'lumot qoldirgan bo'lsa, bizga yozing va biz uni o'chiramiz.

Ma'lumotlarni o'chirish va aloqa

Ma'lumotlaringizni ko'rish yoki o'chirishni so'rash, savol yoki shikoyat uchun yozing: javohirdevuz@gmail.com. Murojaatlarga 30 kun ichida javob beramiz. Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangilanish sanasi bilan e'lon qilinadi.

Privacy policy (English summary)

Davradosh (davradosh.uz and the iOS and Android apps) needs no account, password or email. It uses the name, colour and avatar you choose, a random device identifier created on your device, game state (puzzle progress, per-player stats, mafia game progress), pictures you upload (all metadata, including location, is removed before they are stored), chat messages (puzzle chat is kept only in server memory while a room is open) and server logs with IP addresses, kept briefly for security and debugging.

Voice and video are streamed live to the people in the room and are never recorded. The app asks for the microphone, camera and photos only when you use those features. There are no ads, no analytics or tracking, and no data is sold or shared for marketing.

Puzzle rooms are deleted 7 days after they are created, mafia tables after 24 hours. Uploaded pictures are deleted on request. The site is hosted on Vercel; the game server, database, images and voice server (LiveKit) run on our own server. Gallery pictures load from Lorem Picsum and Unsplash. The service is not directed to children under 13.

Questions and deletion requests: javohirdevuz@gmail.com. Last updated: 2 October 2026.