Davradosh
Real vaqtda, birgalikda

Puzzle'ni birga yig'amiz

Rasm tanlang, havolani ulashing va 5 kishigacha do'stlaringiz bilan bitta stol atrofida o'tirgandek yig'ing, qayerda bo'lishingizdan qat'i nazar.

MalikaJasurAziz

Qanday ishlaydi?

  1. 1

    Rasm tanlang

    Galereyadan yoki o'zingizning suratingizni yuklang: oilaviy rasm, sayohat, sevimli joy.

  2. 2

    Havolani ulashing

    Telegram yoki WhatsApp orqali yuboring. Do'stlaringiz bir bosishda qo'shiladi.

  3. 3

    Birga yig'ing

    Kim qaysi bo'lakni ushlab turgani real vaqtda ko'rinadi. Oxirida kim eng ko'p yordam bergani chiqadi.

Jonli kursorlar

Har bir ishtirokchining kursori ismi va rangi bilan ekranda ko'rinib turadi.

5 kishigacha

Oila, do'stlar yoki hamkasblar bilan birga yig'ish uchun ayni muddao.

24 dan 500 gacha bo'lak

5 daqiqalik tezkor o'yindan tortib butun oqshomlik sarguzashtgacha.

Ro'yxatdan o'tmasdan

Ism va rang tanlang, bo'ldi. Parol ham, email ham kerak emas.

Telefon va kompyuterda

Sichqoncha, trackpad yoki barmoq bilan birdek qulay o'ynaysiz.

7 kun saqlanadi

Bugun tugata olmadingizmi? Ertaga xuddi shu havola orqali davom ettiring.

Ko'p beriladigan savollar

Onlayn pazl o'yini bepulmi?

Ha, butunlay bepul. Ro'yxatdan o'tish, parol yoki email kerak emas: ism va rang tanlaysiz, xolos.

Do'stlar bilan qanday birga puzzle yig'iladi?

Rasm tanlang, puzzle yarating va havolani Telegram yoki WhatsApp orqali yuboring. Havolani ochgan 5 kishigacha do'stingiz shu zahoti bitta stolda siz bilan yig'ishni boshlaydi, har kimning kursori ismi bilan ko'rinadi.

O'z rasmimdan puzzle yasasam bo'ladimi?

Bo'ladi. Oilaviy surat, sayohat rasmi yoki istalgan JPG, PNG, WebP rasmni yuklang yoki galereyadan tanlang.

Puzzle necha bo'lakdan iborat bo'ladi?

24 dan 500 gacha bo'lak: tezkor 5 daqiqalik o'yindan butun oqshomlik sarguzashtgacha.

Telefonda o'ynasa bo'ladimi?

Ha. Puzzle telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi: bo'laklarni barmoq, sichqoncha yoki trackpad bilan surasiz, ikki barmoq bilan kattalashtirasiz.

Yig'ib bo'lmagan puzzle saqlanadimi?

Ha, puzzle 7 kun saqlanadi. Bugun tugata olmasangiz, ertaga xuddi shu havola orqali qolgan joyingizdan davom etasiz.

Bugun kechqurun birga o'ynaymizmi?

Bir daqiqada puzzle yarating va havolani oilaviy chatga tashlang.

Boshlash